Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Rossiya bilan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Ma'lumot berilishicha, harbiy mashg‘ulotlarda 13 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 500ga yaqin texnika jalb qilinadi.
Xitoyning Ninsya-Xuey avtonom rayonidagi “Tsintunsya” poligonida Xitoy-Rossiya hamkorligidagi "Sibu/Hamkorlik-2021" operativ-strategik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Xabar qilinishicha, Rossiya Su-30SM qiruvchi samolyotlari bilan ishtirok etadigan mashg‘ulotlar 13 avgustgacha davom etadi.
"Rossiya va XXR harbiylari razvedka olib borish, shartli dushmanni topish va shartli dushmanning yerdagi obektlariga desant tashlash hamda egallash mashg‘ulotlarini o‘tkazadi", - deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.
Sharqiy harbiy okrugning ma'lumot berishicha, harbiy mashg‘ulotlarda 13 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 500ga yaqin texnika jalb qilinadi.
Rossiya tomonidan operativ-taktik aviatsiya otryadi harbiylari, Baykalorti o‘lkasidagi motoo‘qchi birlikning shaxsiy tarkibi qatnashadi. Xitoy tomonidan piyoda qo‘shinlar va harbiy-havo kuchlari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
22:25 / 28.04.2026