Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva-Volgograd yo‘lida YTHga uchragan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
Joriy yilning 30 iyun kuni Rossiya Federatsiyasidagi Moskva-Volgograd avtomobil yo‘lida yuz bergan avtohalokatda tan jarohatini olgan fuqarolar vatanga qaytarildi.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, fuqaro B.G. va K.G.ning davolanishi bilan bog‘liq xarajatlari sug‘urta kompaniyasi hamda Volgograd viloyatidagi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan to‘lab berildi.
Ushbu fuqarolar shifoxonada to‘liq reabilitatsiyadan o‘tganidan so‘ng, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Volgograd-Moskva-Urganch yo‘nalishida aviachipta rasmiylashtirildi.
Bildirilishicha, fuqarolar bugun, 10 avgust kuni Urganch shahriga yetib keldi.
Mavzuga oid
21:15
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55