Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda bezorilik qilgan bir guruh shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida bezorilik qilgan bir guruh shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 26 iyul kuni soat 17.00 larda, Oltinsoy tumanining Bo‘ston mahallasida joylashgan oshxona oldida Markaz mahallasida yashovchi S.Bunyod, Ipoq mahallasida yashovchi S.Nurbek va Guliston mahallasida yashovchi E.Usmon mast holda bezorilik qilgan. Ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan shu tumanda yashovchi M.Faxriddin, R.Baxtiyor va Q.G‘ayratni hech bir sababsiz qo‘llari bilan duch kelgan joylariga urib, M.Faxriddinga o‘rtacha og‘irlikda, R.Baxtiyorga sog‘lig‘ining buzilishiga sabab bo‘lgan yengil va Q.G‘ayratga yengil tan jarohatlari yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yil 27 iyul kuni S.Bunyod, S.Nurbek va E.Usmonga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:20 / 27.06.2026
Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
18:32 / 10.06.2026
Yo‘l talashib ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026