Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida pnevmatik töpponça bilan restoran rahbariga tahdid qilgan şaxslarga jinoiy iş qözğatilgan. Ulardan biri ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Sariosiyo tumani S.Şeroziy mahallasida yaşovçi K. Şavkatjon şeriklari B.Farrux, M.Muhammad va U.Ma'rufjon bilan bir guruhga birlaşib, bezorilik qiliş maqsadida 2021 yil 5 avgust kuni soat 23:30 larda Uzun tumani Özbekiston mahallasida joylaşgan fuqaro A.Aliga tegişli bölgan “Ming bir keça” restoraniga borgan.
Restoranda K.Şavkatjon jamoat tartibini buzgan holda uning egasi A.Qahramon bilan özaro tortişib, özi bilan olib yurgan «Makarov» töpponçasiga öxşaş pnevmatik qurol bilan tahdid qilgan. Söng uşbu quroldan bir neça marotaba osmonga qaratib öq otib bezorilik jinoyatini qasddan sodir etgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan, tezkor-tergov harakatlari davomida K.Şavkatjondan 1 dona pnevmatik qurol kelgusida tekşirib köriş va jinoyat işiga dalil sifatida qöşiş uçun xolislar iştirokida hujjatlaştirib olingan.
Bundan taşqari, Uzun tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni fuqaro K.Şavkatjon va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoiy iş qözğatilgan. Şu kunning özida gumon qilinuvçi K.Şavkatjon Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlanib, unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Ta'kidlanişiça, hozirgi kunda, Uzun tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib bormoqda.
Pnevmatik pistolet bilan dorixonaga bostirib kirgan şaxslar qölga olindi
Özbekistonda qurol töğrisidagi qonunçilik takomillaştiriladi












