O‘zbekiston | 16:23 / 12.08.2021
2508
1 daqiqa o‘qiladi

Paxtaobod tumanida yer sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Ular o‘zaro til biriktirib yuqori lavozimdagi tanishlari orqali yer olib berishni va'da qilib 6 000 AQSh dollari talab qilishgan.

Fuqarolar A.I. va I.M. oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaro Sh.ga o‘zlarini go‘yoki Kadastrlar palatasi Paxtaobod tumani filiali mutaxassislari deb tanishtirishib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun “Bo‘stonobod” MFY hududidan 6 sotix yer maydoni olib berish evaziga oldindan kelishilgan 6 000 AQSh dollaridan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Oltinko‘l tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i yer sotayotganda qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid