Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘l tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i yer sotayotganda qo‘lga olindi
U 1 gektar yer maydonini 50 ming AQSh dollariga olib berishni va'da qilgan.
Kadastrlar palatasi Oltinko‘l tuman bo‘limi boshlig‘i M.A. fuqaro U.ga S.Ashurov massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 1 gektar yer maydonini 50 000 AQSh dollari evaziga yakka tartibda 20 ta turar joy kottejlarini qurish uchun hujjatlarni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib olib berishni va'da qilib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Xo‘jaobod tumani filiali sobiq mutaxassisi tanishlari orqali tumandagi oldingi tez tibbiy yordam bo‘limi binosini auksion savdolarisiz egalik huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib olib berish evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
22:25 / 14.04.2026
Urbanizatsiya, kadastr va geodeziya oliygohi ochiladi
08:30 / 12.03.2026
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga pul talab qilgan mansabdor ushlandi
19:32 / 24.01.2026