1 oktyabrdan boshlab elektromobillar maxsus raqamlarga ega bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, prezidentning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida quyidagilar:
- avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda o‘lim holatlarini, jumladan, piyodalar o‘tish joylarining zamonaviy svetoforlar bilan ta'minlanganlik darajasini bosqichma-bosqich oshirish orqali qisqartirish;
- notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish nazarda tutilgan.
Belgilanishicha:
- notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirish davomida murojaat qiluvchi taraflar tomonidan avtomototransport vositasi agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechiriladi va bu haqda shartnomada aks ettiriladi;
- notariuslar tomonidan avtotransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan bog‘liq ma'lumotlar davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining elektron ma'lumotlar bazasiga “yagona darcha” tamoyili asosida avtomatik ravishda yuboriladi;
- elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektr dvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan avtomototransport vositalari (elektromobil) uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.
Ichki ishlar vazirligi:
- 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bilan ta'minlash choralarini ko‘radi;
- 2021 yil 1 noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lov va yig‘imlar undirilmasdan almashtirib beriladi. Bunda elektromobil egasiga auksion savdolari orqali yutib olingan va oshirilgan to‘lov stavkasidagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari mos ravishda elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga almashtirib berilishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
-
Hududlarda yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 13:48
-
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
Mavzuga oid

11:22 / 01.03.2025
Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

14:57 / 18.01.2025
Dunyodagi eng xavfsiz 5 ta avtomobil nomi e’lon qilindi

09:54 / 13.01.2025
Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtoyo‘llar bo‘yida elektromobillarni zaryadlash stansiyalari tashkil etiladi

19:47 / 11.01.2025