Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
VIN kodi transport vositalarini identifikatsiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinatsiyasi hisoblanadi.
Hukumat qarori bilan “Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.
Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Mazkur reglament Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament bilan tartibga solinadigan g‘ildirakli transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.
Bunda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni ta’minlaydi.
VIN kodi uchta bo‘limdan iborat:
▪️ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);
▪️tavsiflovchi qismi (VDS);
▪️ko‘rsatuvchi qismi (VIS).
VIN kodi transport vositalarini identifikatsiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinatsiyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 24.04.2024
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
07:22 / 08.04.2024
Toshkentda davlat raqami belgisini yechib harakatlangan Spark haydovchisi aniqlandi
10:29 / 27.10.2023
Rasman: O‘zbekistonda telefon raqamni saqlagan holda aloqa operatorini o‘zgartirish tizimi – MNP ishga tushdi
07:39 / 11.10.2023