Fan-texnika | 21:03 / 13.08.2021
44448
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota kompaniyasi Corolla modelining 50 millioninchi nusxasini sotdi

Toyota kompaniyasi 1966 yildan beri ishlab chiqarayotgan Corolla modelining 50 millioninchi nusxasini sotdi. Ushbu model 1997 yildan beri dunyodagi eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar reytingiga yetakchilik qilmoqda.

Foto: Toyota

Motor1 nashrining xabar berishicha, reytingda Corolla’dan keyingi o‘rinni Volkswagen Golf egallamoqda. Yapon mashinasidan 8 yil keyin paydo bo‘lgan ushbu model hali 40 millionlik chegaraga yetmagan.

Dunyo bo‘ylab 12ta korxonada yig‘iluvchi Corolla 150dan ko‘proq davlatda sotiladi. Toyota’ning xabar berishicha, dunyoda o‘rtacha har 28 soniyada ushbu modeldan bittasi sotib olinadi.

Ayni vaqtda model turli modifikatsiyalarda, jumladan, sedan, universal, kupe va xetchbek variantlarda taklif qilinadi. Bundan tashqari, 2020 yilda modelning gibrid kuch qurilmali kross-versiyasi paydo bo‘lgan. Shuningdek, yaqin orada modelning 300 ot kuchiga ega sport-versiyasi GR Sport paydo bo‘lishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid