Jahon | 23:27 / 15.08.2021
8753
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyo aviakompaniyalari Afg‘onistonni chetlab ucha boshladi

Foto: Reuters

Dunyoning ba'zi aviakompaniyalari Afg‘onistondagi keskin vaziyat sababli ushbu mamlakat ustidan parvozlarni to‘xtatishga va o‘z reyslari yo‘nalishlarini o‘zgartirishga qaror qildi.

Jumladan, Britaniyaning British Airways kompaniyasi o‘z uchuvchilariga Afg‘oniston ustidan uchmaslikni buyurgan.

Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi ham shunday qaror qilib, Niderlandiyadan Osiyoga, jumladan Dehli va Bangkokka uchuvchi yo‘lovchilarni yo‘nalishlar o‘zgargani sababli parvoz uzoqroq davom etishidan ogohlantirgan.

OAVning ta'kidlashicha, ko‘plab aviakompaniyalar Osiyoga parvozlarni amalga oshirishda Afg‘oniston hududidan faol foydalangani uchun boshqa kompaniyalar ham shunday cheklovlar qabul qilishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid