Jahon | 14:36 / 15.08.2021
20455
1 daqiqa o‘qiladi

Kobul toliblarga tinch yo‘l bilan topshirilishi ma'lum qilindi

Avvalroq hukumat va toliblar o‘rtasida shaharni tinch yo‘l bilan topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani xabar qilingandi.

«Tolibon» Kobulga hujum qilmaydi, poytaxt tinch yo‘l bilan topshiriladi. Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sattor Mirzakval ma'lum qildi. TOLO News telekanali uning videomurojaatini namoyish etdi.

Mirzakval Kobul aholisiga hukumat kuchlari shahar xavfsizligini ta'minlashiga va'da bergan.

Avvalroq hukumat va toliblar o‘rtasida shaharni tinch yo‘l bilan topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani xabar qilingandi.

«Tolibon» mamlakatda 20 yil davomida bo‘lib turgan G‘arb kuchlari to‘liq olib ketilishi boshlangach, butun Afg‘oniston bo‘ylab hujumlarga o‘tdi va mahalliy hukumat 3 oydan ortiqroq qarshilik qila oldi.

Mavzuga oid