Toliblar barcha davlat xizmatchilarini o‘z ish joylariga qaytishga chaqirdi
«Hech bir afg‘onistonlik avvalgi hukumatda ishlaganlar uchun xavotirlanmasligi kerak», degan toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi rahbari o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy.
«Tolibon» harakati barcha davlat xizmatchilari – erkaklar ham, ayollar ham o‘z ish joylariga qaytishlari mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi rahbari o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiyga tayanib Ariana News telekanali xabar berdi.
«Diplomatik missiyalar, harbiy baza va fuqaro idoralari xodimlari xavotirlanmasdan ishlarini davom ettirishlari mumkin. Hech kimning huquqi poymol qilinmaydi. Ayollar hijobda ishga chiqishlari mumkin», deya Hanafiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.
«Tolibon» koalitsion hukumat tuzish uchun zamin tayyorlashga harakat qilmoqda va biz, barcha afg‘onlar unda ishtirok etamiz. Hech bir afg‘onistonlik avvalgi hukumatda ishlaganlar uchun xavotirlanmasligi kerak. Mamlakatimizga xizmat qilamiz. Fuqarolik yoki harbiy soha bo‘ladimi, hech kim o‘z huquqlaridan mahrum bo‘lmaydi», degan Hanafiy.
15 avgust kuni toliblar poytaxt Kobulga kirdi va hokimiyatni egalladi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi.
Sobiq prezident Hamid Karzoy, milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengash rahbari Abdulla Abdulla va Afg‘oniston islom partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor hukumatning «Tolibon»ga tinch yo‘l bilan topshirilishi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzdi.
Avvalroq «Tolibon» ayollarga nisbatan shartlarini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024