Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» ayollarga nisbatan shartlarini ma'lum qildi
Qayd etilishicha, barcha ayollar hijobda yurishi majburiy bo‘ladi. «Tolibon» ayollar uylaridan yolg‘iz o‘zlari, erkaklar hamrohligisiz chiqishiga kafolat bergan.
«Tolibon» hukmronligi ostidagi Afg‘onistonda ayollar ta'lim olishi va ishlashi, jurnalistlar esa vaziyatni tanqid qilishi mumkin. Bu haqda toliblar vakili Suhayl Shahin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al Arabiya.
Qayd etilishicha, barcha ayollar hijobda yurishi majburiy bo‘ladi. «Tolibon» ayollar uylaridan yolg‘iz o‘zlari, erkaklar hamrohligisiz chiqishiga kafolat bergan.
Bundan tashqari, harakat jamiyatdagi «samosud»larga barham berishni rejalashtirgan. Barcha jazolar faqat sud qarori asosida ijro etiladi.
Toliblar vakili harakat barcha afg‘onlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan inklyuziv hukumat tuzishga harakat qilayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026