O‘zbekiston | 17:33 / 18.08.2021
2165
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida maktabning eski binosini buzib olishga hujjat qilib berishini aytib fuqarodan pul olib, o‘zlashtirib yuborgan maktab xodimiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 25 iyul kuni Jarqo‘rg‘on tumanining Gulhovuz mahallasida yashovchi, X.Chori tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda yozilishicha, Jarqo‘rg‘on tumani Hayitobod mahallasida yashovchi X.Juma o‘zi ishlaydigan maktabning eski binosini buzib olishi uchun hujjat qilib berishini va'da qilgan. So‘ng 2018 yil iyuldan 2019 yil iyulgacha jami 74,7 million so‘m olib, va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zlashtirib, o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Qayd etilishicha, 5 avgust kuni X.Jumaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid