O‘zbekiston | 17:12 / 18.08.2021
1877
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda majburiy badal to‘lovlarini o‘zlashtirgan shirkat mas'ullari aniqlandi

Toshkent shahri Yangihayot tumanida mulkdorlardan undirilgan jami 109,3 mln so‘m majburiy badal to‘lovlarini talon-toroj qilgan mas'ul shaxslarning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.S.» uy joy mulkdorlari shirkati mas'ul shaxslari mulkdorlardan undirilgan jami 109,3 mln so‘m majburiy badal to‘lovlarini bank muassasasiga kirim qilmasdan, o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid