Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:02 / 19.08.2021
6223
1 daqiqa o‘qiladi
Yengil avtomobil eksporti qariyb 123 mln dollarga oshgan
Yengil avtomobil eksporti qariyb 123,0 mln AQSh dollariga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 mln AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.
Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,0 mln AQSh dollariga oshgan.
O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog‘iston – 181,9 mln;
- Afg‘oniston – 5,7 mln;
- Ukraina – 2,3 mln;
- Rossiya – 1,9 mln;
- Qirg‘iziston – 1,0 mln;
- Ozarboyjon – 484,1 ming;
- Tojikiston – 480,1 ming AQSh dollari.
Mavzuga oid
14:58
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
09:22
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
19:50 / 12.01.2026