Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston «Tolibon» bilan hech qanday muloqot o‘tkazmagani ma'lum qilindi
«Siyosiy yoki boshqa darajadagi muloqotlar o‘tkazilmadi», - dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Akan Raxmetullin.
Foto: Reuters
Qozog‘iston hukumati «Tolibon» harakatini tan olgani yo‘q. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Akan Raxmetullin ma'lum qildi.
«Biz «Tolibon»ni tan olganimiz yo‘q. Kecha TIV Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Biz bu mamlakatdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz», — dedi Raxmetullin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston «Tolibon» bilan biror-bir siyosiy muloqot o‘tkazmadi.
«Siyosiy yoki boshqa darajadagi muloqotlar o‘tkazilmadi», — dedi Raxmetullin.
15 avgust kuni «Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi. Prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi.
Mavzuga oid
21:22 / 03.04.2026
O‘zbekistonda yana yer qimirladi
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
18:21 / 30.03.2026