Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga sement importi hajmi oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 85 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,7 mln tonna sement import qilingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 674 ming tonnaga ko‘p.
2021 yilning 7 oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:
Qozog‘iston – 818,8 ming tonna;
Qirg‘iziston – 437,1 ming tonna;
Tojikiston – 391,5 ming tonna;
Eron – 44,8 ming tonna;
Turkmaniston – 16,4 ming tonna.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan eng ko‘p sement import qilgan hududlar quyidagicha:
Toshkent shahri – 853,4 ming tonna;
Farg‘ona viloyati – 309,9 ming tonna;
Andijon viloyati – 253,4 ming tonna;
Namangan viloyati – 96,5 ming tonna;
Surxondaryo viloyati – 63,4 ming tonna;
Toshkent viloyati – 60,0 ming tonna.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
08:28 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulot uchun xomashyoga import bojlari bekor qilinadi
09:23 / 26.03.2026