Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davron Hidoyatov Senat a'zosi etib saylandi
Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a'zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma majlis bo‘lib o‘tdi.
Senat a'zoligiga Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov nomzodi ilgari surilib, yashirin ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.
Sanoq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, qo‘shma majlisda 535 nafar deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi. Shundan 4ta saylov byulleteni haqiqiy emas deb topildi, 9ta byulletendan foydalanilmadi.
Qo‘shma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani ma'lum qilindi. Shunday qilib, Toshkent viloyati hokimi ko‘pchilik ovoz bilan Senat a'zosi etib saylandi.
Ma'lumot uchun, joriy yil mart oyi o‘rtalarida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib kelgan Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.
D. Hidoyatov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-2009 yillarda bank tizimida, 2014 yilgacha avtosanoat tarmog‘ida faoliyat yuritgan. 2014-2020 yillarda Xususiylashtirish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Chilonzor tumani hokimi, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026