Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi qo‘yilmoqda
O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida Rossiyadagi fuqarolar uchun yana bir qulaylik yaratildi, deb xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ.
Qayd etilishicha, «Voljskiy - Toshkent» hamda «Tolyatti - Toshkent» yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdlarining maxsus reyslari yo‘lga qo‘yiladi.
Ma'lum qilinishicha, pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan fuqarolarni mamlakatga olib kelish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Voljskiy - Toshkent» yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur poyezd 2021 yil 27 avgust kuni soat 20:57da «Voljskiy - Toshkent» yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
Shuningdek, 30 avgust kuni «Tolyatti - Toshkent» yo‘nalishida 446-sonli yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu poyezd Tolyatti vokzalidan soat 12:35da jo‘naydi.
Bildirilishicha, mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya'ni «Voljskiy-Toshkent» hamda «Tolyatti-Toshkent» yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining e-ticket.railway.uz sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkinligi aytiladi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026