26 avgust soat 14:40 holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 2 355 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 249 bemor statsionar sharoitda davolanmoqda.
Ularning ichida:
- 92 nafar bemor – Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda tashkil qilingan Nukus maxsus tibbiyot kompleksida;
- 89 nafar bemor – Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazida;
- 68 nafar bemor – Beruniy tumanidagi «Pedagogika kolleji sport kompleksi»da davolanmoqda.
Qoraqalpog‘iston SSVga ko‘ra, shulardan 59 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 8 nafar bemor juda og‘ir ahvolda, 175 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha, 7 nafar bemorning ahvoli qanoatlanarli deya baholangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, bemorlar dori-darmon va 5 mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan.
Shuningdek, 2106 nafar bemor – koronavirusning yengil simptomlari bilan uy sharoitida hududiy poliklinikalar nazorati ostida davolanyapti.
Ma'lumot uchun, Qoraqalpog‘istonda bugungacha 12 216 nafar bemor sog‘aygan.