O‘zbekiston | 10:37 / 27.08.2021
8833
5 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi e'lon qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxi ma'lum qilindi.

2021 yil 25 avgust holatiga ko‘ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 - 68 000 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek:

  • qo‘y go‘shti (1 kg) 52 000 – 80 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) 1 500 – 5 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) 800 – 3 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) 2 000 – 10 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) 5 000 – 14 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) 5 000 – 18 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) 14 000 – 24 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) 7 500 – 9 000 so‘m.

Mol go‘shti 45 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha

1 kg suyakli mol go‘shtining minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (45 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (68 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 52 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (52 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (80 000 so‘m) kuzatilgan.

Kartoshka 1 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Kartoshkaning minimal narxi Farg‘ona shahrining “Markaziy dehqon bozori”, qayd etilgan (1 500 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 so‘m) kuzatilgan.

Piyoz 800 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (800 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (3 000 so‘m).

Sabzi 2 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (2 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”da (10 000 so‘m) kuzatilgan.

Tuxum 5 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da qayd etilgan (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da kuzatilgan (14 000 so‘m).

Guruch 5000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da ro‘yxatga olingan (“Nukus 2” navli guruch 5000 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 14 000 so‘mdan 24 000 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i minimal narxi Andijon shahrining "Yangi bozor dehqon bozori", Jizzax shahrining "Jizzax markaziy dehqon bozori", Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 14 000 so‘m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 24 000 so‘m) aniqlangan.

Shakar 7 500 so‘mdan 9 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (7 500 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining "Jizzax markaziy dehqon bozori", Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (9 000 so‘m) kuzatilgan.

Mavzuga oid