Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
500dan ortiq jurnalist esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Bugun, 28 avgust kuni Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.
Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Asadjon Xodjayev va O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov hamkasblarni tabrikladi.
Shundan so‘ng turli tahririyatlarda ishlovchi jurnalistlarga esdalik nishoni topshirildi.
E'lon qilinishicha, respublikamiz bo‘ylab 500 dan ortiq jurnalist esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.
Kun.uz saytidan jurnalistlar Tolibjon Rahmatov, Shuhrat Shokirjonov, Elmurod Ermatov, Isomiddin Po‘latov va Sardor Yusupovga nishon taqdim etildi.

Mavzuga oid
23:46 / 29.11.2025
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga undovchi materiallar OAVda bepul joylashtiriladi
14:10 / 26.11.2025
Urush va OAV: haqiqat qayerda?
17:36 / 08.11.2025
BMT: Dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay qolmoqda
12:30 / 30.09.2025