O‘zbekiston | 08:29 / 31.08.2021
4507
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar ishtirokida audit o‘tkazish tizimi joriy etiladi

“Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo‘shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:

  • moliyaviy audit;
  • muvofiqlik auditi;
  • samaradorlik auditi.

2021 yil 1 oktyabrdan Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda OAV vakillari ishtirokida jamoatchilikka o‘z hisobotlarni e'lon qilib boradi.

2022 yil 1 yanvardan moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan sub'yektlarda amalga oshiriladi (kameral nazorat va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno).

2022 yil 1 yanvargacha “Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushiriladi. Unga ko‘ra:

  • budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarda o‘tkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi;
  • har bir nazorat tadbiri uchun o‘rganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma'lumotlarni jamlash va tahlil o‘tkazish tartibini o‘z ichiga olgan nazorat tadbirini o‘tkazish rejasi tuziladi;
  • “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.

2022 yildan Moliya vazirligi va har bir ichki audit xizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida 2 tadan obektda nazorat tadbirini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid