Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirolicha Yelizaveta II ikkita holatda taxtdan voz kechishini aytdi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II qanday holatlarda taxtdan voz kechishi mumkinligini aytdi.
Foto: Reuters
Metyu Dennison muallifligidagi “Qirolicha” kitobida Yelizaveta II ikkita holat yuz bermaguncha taxtni tark etmoqchi emasligi aytilgan. “U faqatgina ikkita holatda taxtdan voz kechishi mumkin: Alsgeymer kasalligiga uchrasa yoki insult o‘tkazsa”, deb keltirgan qirolicha so‘zlarini Dennison.
Oxirgi yillarda qirolichaning hayotiga ta'sir ko‘rsatgan ko‘plab hodisalar yuz bergan. Ular orasida turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippning 99 yoshida hayotdan ko‘z yumishi, shahzoda Xarrining o‘z rafiqasi Megan Markl bilan qirollik oilasidan chiqib ketishi, shahzoda Endryu bilan yuz bergan mojarolar bor. Jumladan, shahzoda Endryu balog‘atga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda.
2022 yilda qirolicha taxtga o‘tirganining 70 yilligi – platina yubileyini nishonlaydi.
Mavzuga oid
21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi
10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
18:36 / 01.01.2023