Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Qozog‘istonda AES qurish kerakligini aytdi
To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilga borib Qozog‘istonda elektr energiyasi tanqisligi vujudga keladi.
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurish masalasini ko‘rib chiqish vaqti keldi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
«Bu masalani ko‘rib chiqish vaqti keldi deb hisoblayman, chunki Qozog‘istonga atom stansiyasi kerak», — dedi To‘qayev.
To‘qayev o‘tgan haftada hukumat va «Samruk-Kazina» davlat fondiga respublikada atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatini o‘rganish topshirig‘ini bergandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilga borib Qozog‘istonda elektr energiyasi tanqisligi vujudga keladi.
Qozog‘istonda AES qurish masalasi bir necha yillardan buyon muhokama qilinadi.
2019 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonda Rossiya texnologiyalari bo‘yicha atom elektr stansiyasi qurishni taklif qilgandi. Qozog‘iston AES qurilishi borasidagi yakuniy qaror mamlakat aholisining fikri hisobga olingan holda qabul qilinishini bildirgan.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026