Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 40ta xorijiy davlatga qiymati 33,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 35 ming tonna uzum eksport qilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/7/nQvALOkWXEQ-4BX9qh7W2n3Qn0Z0MFPY.jpg)
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 7,4 ming tonnaga kamaygan.
O‘tgan 7 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 8,6 ming tonna;
- Qozog‘iston – 7,7 ming tonna;
- Xitoy – 4,9 ming tonna;
- Qirg‘iz R. – 3,0 ming tonna;
- Turkiya – 2,1 ming tonna.
Ma'lumot o‘rnida, 2021 yilning 7 oyida eng ko‘p uzum eksport qilgan hududlar:
- Samarqand viloyati – 12,1 ming tonna;
- Farg‘ona viloyati – 7,7 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 3,6 ming tonna;
- Namangan viloyati – 2,1 ming tonna.