Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bolajon” telekanalida Edu Kids loyihasi multfilmlari namoyishi boshlandi
Xalq ta'limi vazirligi va Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Edu Kids loyihasi multfilmlari “Bolajon” telekanalida namoyish etilishi boshlandi.
Endilikda quyidagi asosiy turkumdagi dayjestlarni har kuni “Bolajon” kanalida soat 20:20da tomosha qilish imkoni mavjud:
- “Eng qiziqarli ma'lumotlar”;
- “Tarix saboqlari”;
- “Buyuk insonlar hayoti”;
- “Shaxsiy rivojlanish”;
- “Texnologiyalar haqida”;
- “Nima uchun kitob o‘qish kerak” va boshqalar.
Multfilmlarning asosiy maqsadi - yosh avlodni kelajakda muvaffaqiyatga erishish va o‘z ustida ishlashga chaqirishdan iborat bo‘lib, unda ota-onalar, jamiyat va o‘qituvchilarning rolini yanada oshirishdir.
Yaqinda Edu Kids’ning qiziqarli multfilmlarini itv platformasida ham tomosha qilish imkoni yaratilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov
10:13 / 07.12.2022
Xalq ta’limi vaziri – qachon oxirgi marta avtobusda yurgani, 5 soat uxlashi va tizimdagi qarindosh-urug‘chilik haqida
20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi
14:45 / 10.11.2022