Jahon | 07:11 / 09.09.2021
20436
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Yaponiyada sudga chaqirtirildi

Tokio sudi Yaponiyada yashovchi bir necha koreys Shimoliy Koreyadan inson huquqlari buzilishi uchun kompensatsiya to‘lanishini talab qilayotgani bilan bog‘liq holda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni chaqirtirdi.

Foto: EPA

Tokioda sudga chaqiruv qog‘ozi chaqirtirilayotgan odam qo‘liga topshiriladi. Biroq agar u uyida yoki ishxonasida bo‘lmasa, chaqiruv qog‘ozi maxsus taxtaga osiladi. Maxsus taxtada Kim Chen In sudga chaqirtirilayotgani haqidagi xuddi shunday qog‘oz paydo bo‘ldi.

Eyko Kavasaki va yana 4 nafar etnik koreys Shimoliy Koreya hukumati ustidan Tokio sudiga da'vo arizasi berib, Pxenyandan Shimoliy Koreyaga ko‘chirish dasturi doirasida huquqlari buzilgani sababli 100 mln iyendan (900 ming dollar) tovon puli talab qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In sudga 14 oktyabrda kelishi kerak.

93 mingga yaqin koreys Yaponiya Koreya yarimorolini 1910-1945 yillar davomida mustamlaka qilgan vaqtda Yaponiyaga kon va zavodlarda ishlash uchun kuch bilan olib ketilgan. Ulardan ko‘pchiligi Yaponiyada tahqirlashlarga uchragan.

Shimoliy Koreya Yaponiyaga olib ketilgan koreyslarga 1959-1984 yillar davomida maxsus dastur yordamida vatanlariga qaytishni taklif qilgan. Yaponiyada yashovchi koreyslardan ba'zilari bu dastur bo‘yicha vatanlariga qaytgan. Biroq ulardan kamida 5 nafari Yaponiyaga qaytishga qaror qilgan. Ularning ta'kidlashicha, ular Shimoliy Koreyaga aldov yo‘li bilan qaytarilgan va u yerda og‘ir sharoitlarda yashashlariga to‘g‘ri kelgan. Shu sababli ular Shimoliy Koreyada o‘tkazgan yillari uchun Pxenyandan tovon puli talab qilishmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid