Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livanda 13 oyda hukumatni shakllantirishga muvaffaq bo‘lindi
Livan prezidenti Mishel Aun mamlakatda hukumat shakllantirilganini e'lon qildi. Yangi hukumatni 2020 yil avgustda yuz bergan Bayrutdagi portlashdan keyin 13 oy o‘tib shakllantirishga muvaffaq bo‘lindi.
Foto: Reuters
The Daily Star nashrining xabar berishicha, hukumatning birinchi yig‘ilishi 13 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Uning tarkibiga 24 vazir: 12 nafar musulmon va 12 nasroniy vakil kirgan.
Prezident hukumat shakllantirilganini bosh vazir Najib Mikati bilan uchrashuvdan keyin ma'lum qilgan. Hukumatni tashkil etish haqidagi farmon parlament spikeri Nabih Barriy ishtirokida imzolangan.
Livandagi siyosiy inqiroz Bayrut portidagi vayronkor portlashdan keyin boshlangandi. 200 dan ko‘proq kishining hayotini olib ketgan fojiadan keyin Livanda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi va ular natijasida Hasan Diab boshchiligidagi hukumat iste'foga chiqishga majbur bo‘lgan. Shundan keyin bosh vazir etib tayinlangan Sa'd Haririy 10 oy davomida Livan prezidenti bilan musulmonlar va nasroniylar o‘rtasida vazirlar lavozimlarini taqsimlash bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmagan va 15 iyulda iste'foga chiqishga qaror qilgan.
Livan prezidenti 2021 yil 26 iyulda parlament bilan maslahatlashuvlardan keyin avval 2 marta bosh vazir lavozimini egallagan 65 yoshli Najib Mikatiga hukumatni shakllantirish vazifasini topshirgan.
Mikati Bayrutdagi portlashdan keyin mamlakatni tanazzuldan qutqarish uchun barcha siyosiy kuchlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilishini aytgan. U, shuningdek, bir qator muxolif partiyalar talab qilayotgandek muddatdan oldin parlament saylovlari o‘tkazilmasligini va saylovlar o‘z muddatida, ya'ni 2022 yil may oyida o‘tkazilishini aytgan.
Mavzuga oid
16:52 / 29.11.2025
Isroil G‘arbiy sohilning shimoliy qismida yirik harbiy operatsiya boshladi
15:35 / 24.11.2025
Isroil «Hizbulloh»ning yuqori martabali qo‘mondonini o‘ldirdi
20:51 / 19.11.2025
Isroil falastinlik qochqinlar lageriga zarba berdi: 13 kishi halok bo‘ldi
11:17 / 03.11.2025