O‘zbekiston | 12:11 / 10.09.2021
10954
1 daqiqa o‘qiladi

Talabalarni ijaraga qo‘yganlar daromad solig‘idan ozod etilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining «Respublika oliy ta'lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Ijara shartnomalarini soddalashtirilgan raqamli imzosiz hisobga qo‘yishni ta'minlaydigan elektron tizim ishga tushiriladi.

Talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirishning ishonchli tizimi yo‘lga qo‘yiladi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid