Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 2024 yildagi prezidentlik saylovida qatnashishi mumkinligini aytdi
Avvalroq Donald Tramp Jo Bayden bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazish istagini bildirgandi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi hozirgi vaziyat unga 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashishdan boshqa yo‘l qoldirmayotganini aytdi.
«Borgan sari bundan boshqa yo‘limiz qolmayapti», — dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashish ehtimoli to‘g‘risidagi savolga javoban.
Shu bilan birga, Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishini «Amerika tarixidagi eng katta sharmandalik» deb atadi va amaldagi prezident Jo Baydenni tanqid qildi.
Donald Tramp 11 sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi politsiya va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari bilan uchrashuvda 2024 yildagi AQSh prezidenti saylovida qatnashishi borasidagi rejalarini aytgandi.
Avvalroq Tramp Jo Bayden bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazish istagini bildirgandi. Sobiq prezidentning aytishicha, u amaldagi davlat rahbarini bir necha soniya ichida nokautga uchratadi.
Mavzuga oid
08:36
Tramp: Ukraina prezidentining ishlari «ancha yaxshi ketmoqda»
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
13:28 / 22.06.2026
AQSh–Eron sulhi: kim nimaga erishdi?
22:10 / 21.06.2026