AQŞ prezidenti Donald Tramp 24 iyun kuni Oq uyda NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan ötkazgan matbuot anjumanida Ukrainadagi uruş haqida fikr bildirdi.

Jurnalistlardan biri Trampdan «Siz Zelenskiy hozir ğalaba qozonayotganiga işonasizmi?» deb söraganida, u şunday javob qaytardi:

«Heç bölmaganda, u özini uşlab turibdi. Har ikki tomonda ham köp odamlar halok bölmoqda. Lekin menimça, uning işlari ança yaxşi ketmoqda», — dedi AQŞ prezidenti.

Bu bayonot Trampning avvalgi çiqişlaridan farq qiladi. Çunki u ötgan davrda bir neça bor Volodimir Zelenskiyni tanqid qilib, uni mojaroni tinç yöl bilan hal etişga qaratilgan sa’y-harakatlarga tösqinlik qilişda ayblagan edi.

Matbuot anjumanida Tramp Yevropa davlatlari, xususan Germaniyaning AQŞ va Isroilning Eronga nisbatan tutgan siyosati böyiça yetarliça qöllab-quvvatlamayotganidan ham noroziligini bildirdi.

Uning sözlariga köra, Vaşington Germaniya hukumatidan köproq siyosiy qöllab-quvvatlaş kutgan, ammo bu borada kutilgan munosabatni olmagan. Şu bilan birga, Tramp AQŞ Germaniya va Yevropadagi harbiy kontingentini saqlaş uçun yuzlab million dollar sarflayotganini ta’kidladi.

Bundan avval «Katta yettilik» (G7) sammiti doirasida Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgan edi. AQŞ prezidenti mazkur muloqotni «juda yaxşi ötdi» deya baholab, Rossiya Ukraina bilan tinçlik kelişuviga erişişi lozimligini aytgan hamda buning uçun qölidan kelgan barça işni qilişini bildirgan.

24 iyun kuni keçqurungi murojaatida Volodimir Zelenskiy ham G7 doirasida muhokama qilingan harbiy va moliyaviy yordam Ukrainaga öz vaqtida yetkazilsa, Rossiyani tinçlik muzokaralarini tanlaşga majbur qiladigan şaroitni tezroq yaratiş mumkinligini ta’kidladi. Biroq u buning qanday amalga oşirilişiga aniqlik kiritmadi.