Olimlar koronavirusga qarshi revaksinatsiya befoyda ekanligini ma'lum qildi
Olimlarning fikricha, agarda buster doza (uchinchi emlatma) organizmga juda erta yoki juda tez kiritilsa, miokardit keltirib chiqarishi yoki Giyena-Barre sindromiga sabab bo‘lishi mumkin.
Koronavirusga qarshi ommaviy revaksinatsiya befoyda va nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Tarkibida JSST bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan va JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Maykl Rayan bo‘lgan xalqaro olimlar guruhi ana shunday xulosaga keldi.
Ularning The Lancet jurnalida chop etilgan maqolasida aytilishicha, koronavirusga qarshi qaytadan emlash nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin.
Olimlarning fikricha, agarda buster doza (uchinchi emlatma) organizmga juda erta yoki juda tez kiritilsa, miokardit keltirib chiqarishi mumkin (gap Pfizer va Moderna vaksinalari haqida) yoki Giyena-Barre sindromiga sabab bo‘lishi mumkin («Sputnik V» va AstraZeneca vaksinalari nazarda tutilmoqda).
«Koronavirusga qarshi dastlabki vaksinatsiya kasallik yuqishining oldini olishi aniq bo‘lsa-da, busterlardan juda erta yoki tez-tez foydalanish oqibatida boshqa xavflar paydo bo‘lishi mumkin», — deyiladi maqolada.
Olimlarning ta'kidlashicha, koronavirusning delta-shtammi keltirib chiqargan yangi to‘lqini aksariyat davlatlar hukumatlarini emlangan aholini yana emlash to‘g‘risida o‘ylashga majbur qildi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha emlashning foydasi ishonchli ma'lumot va tahlillar asosida tasdiqlanmaydigan bo‘lsa, bu vaksinalarga bo‘lgan ishonch susayishiga va dastlabki emlash borasidagi harakatlarning yo‘qqa chiqishiga olib kelishi mumkin. Olimlarning ta'kidlashicha, dastlabki emlashdan so‘ng immunitet paydo bo‘lmagan odamlarda buster dozadan keyin ham immunitet hosil bo‘lmasligi mumkin.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi o‘z aholisining 57 foizini to‘liq emlab bo‘lgan, Fransiya va Britaniyada esa vaksinaning buster dozalari qo‘llanmoqda. Avvalroq AQShda ham koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
03:03 / 23.09.2021
Braziliyaning BMT Bosh assambleyasida ishtirok etayotgan delegatsiyasi ikki haftalik karantinga ketdi
20:42 / 21.09.2021
AQShda koronavirusdan ispan grippidan ko‘ra ko‘proq odam vafot etdi
22:12 / 20.09.2021
Pfizer vaksinasi bolalar uchun xavfsiz deb topildi
21:43 / 20.09.2021