AQShda koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash rejalashtirilmoqda
Uchinchi emlatmani birinchi navbatda qariyalar uylarida yashovchilar va tibbiyot xodimlari oladi.
Aksariyat amerikaliklar koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini olishi lozim. Emlash birinchi vaksinatsiyadan sakkiz oy o‘tganidan so‘ng amalga oshiriladi. AQSh prezidenti ma'muriyati ana shunday qaror qabul qildi, deb xabar berdi The New York Times gazetasi.
Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati mazkur qaror to‘g‘risida shu haftada e'lon qiladi. Pfizer va Moderna vaksinalarining buster dozalarini taklif qilish sentyabrdanoq boshlanadi.
Uchinchi emlatmani birinchi navbatda qariyalar uylarida yashovchilar va tibbiyot xodimlari oladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda 18 yoshdan katta aholining 70 foizi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024