Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda dala maydonidan yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan yoqib yuborilgan ayol jasadi topilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 10 sentabr kuni soat 13:50 larda Mirzaobod tumani, Dehqonobod mahallasi hududidagi dala maydoni chetidagi jing‘il butalari orasidan ayol jinsiga mansub, yoqib yuborilgan holdagi jasad topilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, noma'lum murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Shuningdek, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslar S.K, hamda uning jinoiy sheriklari L.K, S.M, V.D va J.Mlar ekanligi aniqlanib, ular ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 12.03.2026
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga pul talab qilgan mansabdor ushlandi
11:02 / 28.10.2025
Mirzaobod tumani sobiq hokimi jinoiy jazoga tortildi
11:55 / 27.08.2024
Mirzaobod tumaniga ham bank rahbari hokim bo‘ldi
16:39 / 31.10.2023