Boyovut tumani IIBning xabariga köra, 2021 yil 1 iyun kuni soat 03:30larda Boyovut tumani, «Sarmiç» MFY, Fitrat köçasi, 23-uyda yaşovçi 1991 yilda tuğilgan H.I. özi bilan birga yaşab kelgan 1993 yilda tuğilgan xolavaççasi Ç.N. bilan uy-joy nizosi böyiça bölgan özaro kelişmovçilik negizida janjallaşib qolib, uni qasddan böğib öldirgan.
Şundan söng fuqaro H.I. öz jinoyatini yaşiriş maqsadida xonadon içkarisida uxlab yotgan xolasi 1958 yilda tuğilgan T.O.ni ham qasddan böğib öldirib, murdalarni xonadon molxonasiga olib kirib, ustilariga körpa-töşaklar va somon taşlab yoqib yuborgan.
Marhum Ç.N. va T.O.ning ölimi holati yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 1 iyun kuni Boyovut tumani prokurori tomonidan H.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan va u Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
















