Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi
“O‘zsuvta'minot” joriy yilning 15 sentabr holatiga favqulodda vujudga kelgan nosozliklar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida ichimlik suvi ta'minotining vaqtinchalik rejali to‘xtatilishi yuzasidan suvsiz qoladigan manzillar ro‘yxatini e'lon qildi.
Ular:
- Chilonzor tumani, Qizilsharq mavzesida d-400 mm yangi quvurni mavjud tarmoqqa ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan 6 ta 9 qavatli uy va 1 ta maktab;
- Olmazor tumanida diametri 600 mm bo‘lgan tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik sababli, Beruniy, M.G‘olib, Qamarniso mahallalari hududida 400 ta yerli xonadon va 8 ta 5-qavatli uylar hamda I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va 10 ta korxona;
- Mirobod tumani, Eski Otchopar hududida d-900 mm tarmoqdagi nosozlik sabab tarmoq yopildi. Natijada 12 ta 2 qavatli, 20 ta yerli xonadon va 10 ta korxona suvsiz.
Bildirilishicha, suvsiz qolgan barcha hududlar maxsus texnika yordamida suv bilan ta'minlangan.
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: Markaziy dispetcherlik xizmati – (71) 256-10-95, (71) 252-55-78, (71) 252-60-08; “O‘zsuvta'minot” yagona qisqa raqami – 1255, Chilonzor tumani dispetcherlik xizmati raqami - (71) 277-98-71; Olmazor tumani dispetcherlik xizmati raqami - (71) 246-99-57; Mirobod tumani dispetcherlik xizmati raqami - 71-290-04-91.
Mavzuga oid
18:35 / 13.10.2024
IIV Toshkentda kvadroberlar paydo bo‘layotganidan ogohlantirdi
17:25 / 13.10.2024
Pora bilan qochgan tergovchi va havosi buzilgan Toshkent - hafta dayjesti
18:37 / 12.10.2024
Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi
20:37 / 11.10.2024