O‘zbekiston | 13:27 / 15.09.2021
4392
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHTning 250 nafar kuzatuvchisi O‘zbekistonga keladi 

Foto: Markaziy saylov komissiyasi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning 250 nafar kuzatuvchisi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasida o‘tkazilayotgan uchrashuvda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish missiyasi rahbari Ouen Merfi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, YeXHT byurosining asosiy guruhi, ya'ni 11 nafar kuzatuvchi kecha, 14 sentyabrda O‘zbekistonga yetib keldi, keyingi hafta yana 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi yetib kelishi kutilmoqda. 

«Ushbu kuzatuvchilar O‘zbekiston hududi bo‘ylab barcha saylov jarayonlarini kuzatib boradi. Shuningdek, saylovdan bir-ikki kun oldin 250 nafar kuzatuvchimiz O‘zbekistonga keladi. 

Taxminan uch haftadan keyin biz birinchi hisobotimizni e'lon qilamiz. Unda qilinayotgan ishlar haqidagi aniq ma'lumotlarimizni beramiz», dedi Ouen Merfi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid