Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda bosh vazir tug‘ilgan kunida 22 million kishi emlandi
Foto: EPA
17 sentyabrda Hindistonda 22 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu mamlakat uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, Hindiston fuqarolari mamlakat bosh vaziri Narendra Modining 71 yoshga to‘lganini shunday nishonlashga qaror qilishgan.
Hindistonda emlanish bo‘yicha avvalgi rekord 27 avgustda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda 13 mlndan ko‘proq hindistonlik emlangan. Hindiston hukumati joriy yil oxirigacha mamlakatning barcha katta yoshli aholisini emlashni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda mamlakatda 787 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga qarshi emlangan.
Hindistonning moliyaviy markazi Mumbayda yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot aholining 90 foizida koronavirusga qarshi antitanachalar borligini ko‘rsatgan. Mumbay meriyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot davomida shaharda yashovchi 9 mingga yaqin kishidan antitanachalarga tahlil olingan. Ulardan 65 foizi bungacha emlangan bo‘lgan. Antitanachalar darajasi vaksinaning bir dozasini olgan kishilarda ham yuqori bo‘lgan. Shu sababli tadqiqot mualliflari emlash bo‘yicha kampaniyani jadallashtirishga chaqirishgan.
Mavzuga oid
14:34
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025
Infografika: Xitoy va Hindiston armiyasi - kim kuchliroq?
21:19 / 15.12.2025