Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosi poyezdida yana bir nosozlik yuz berdi
Toshkent metrosi poyezdi eshigida nosozlik aniqlandi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» UK xabar bermoqda.
Bugun, 22 sentyabr kuni soat 08:37da «Xalqlar do‘stligi» bekatida 13-yo‘nalishdagi harakat tarkibining 2-vagonidagi 4-eshiklari texnik nosozlik tufayli yopilmay qolgan.
Qayd etilishicha, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo‘lovchilar ushbu poyezddan tushirilgan. Ortdan kelayotgan 5-yo‘nalishdagi harakat tarkibi bir daqiqada yetib kelib yo‘lovchilarni olib ketgan.
«Toshkent metropoliteni» keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Avvalroq, Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qolgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:03 / 16.07.2026
Jazirama sabab poyezdlar tezligiga cheklov qo‘yiladi
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
11:55 / 04.06.2026