Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp jiyani va The New York Times gazetasini sudga berdi
Sobiq prezident gazeta va jiyanini Trampning yashirin daromadlari va to‘lamagan soliqlari haqida maqola tayyorlash uchun uning deklaratsiyasini olish maqsadida o‘zaro til biriktirganlikda ayblamoqda. Ushbu maqola 2019 yilda Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgandi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp The New York Times gazetasini, nashrning uch jurnalisti va jiyani Meri Trampni sudga berdi. Bu haqda NBC News xabar qildi. Xabarda aytilishicha, u 100 mln dollar tovon pul talab qilmoqda.
Sobiq prezident gazeta va jiyanini Trampning yashirin daromadlari va to‘lamagan soliqlari haqida maqola tayyorlash uchun uning deklaratsiyasini olish maqsadida o‘zaro til biriktirganlikda ayblamoqda. Ushbu maqola 2019 yilda Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgandi.
Tramp shuningdek, Meri Trampni uning oilasiga oid moliyaviy ma'lumotlarni chop etishni taqiqlovchi shartnomani buzganlikda ayblagan. Sobiq prezidentning fikricha, jurnalistlar «uning jiyanini tinmay ta'qib qilgan» va uni hujjatlarni berishga ko‘ndirgan.
Da'vo Datchess okrugidagi Nyu-York shtati sudiga kiritilgan. Xuddi mana shu sudda Trampning ukasi Robert Meri Trampning kitobi chop etilishiga qarshi ishda yutqazgandi, deya qayd etadi NBC News.
Meri Tramp Donald Trampning deklaratsiyalarini gazetaga taqdim etgani to‘g‘risida uning o‘zi yozgan kitobida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
13:28 / 22.06.2026
AQSh–Eron sulhi: kim nimaga erishdi?
22:10 / 21.06.2026