Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda erkak suratga tushish vaqtida qadimiy zambarak ichida tiqilib qoldi
Istanbulda bir erkak Usmoniylar imperiyasi vaqtidagi zambarak ichida suratga tushishga qaror qilib, uning ichida tiqilib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, antiqa hodisa Barbaros maydonida yuz bergan. Erkak yorqin surat olish maqsadida zambarak stvoli ichiga kirib olgan, biroq keyin tashqariga chiqa olmagan.
Dastlab unga do‘stlari yordam berishga uringan, biroq ular o‘z urinishlari besamar ketgach, qutqaruvchilarni chaqirtirishgan. Qutqaruvchilar erkakni chiqarib olish uchun maxsus moydan foydalanib, uni zambarak “iskanjasi”dan xalos etishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, erkakka shikast yetmagan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026