Jahon | 13:24 / 23.09.2021
6879
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha sharqida Amerikaning 250ta tanki joylashtiriladi

Tanklarni sotib olish dasturi uchun 23 mlrd 300 mln zlotiy (6 mlrd dollar) ajratilgan. 

Polsha hukumati mamlakat sharqida Amerikaning 250ta Abrams tankini joylashtirishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashchak ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha «mamlakat sharqida joylashtiriladigan 250ta zamonaviy tankka ega bo‘ladi».

Tanklarni sotib olish dasturi uchun 23 mlrd 300 mln zlotiy (6 mlrd dollar) ajratilgan. 

Polsha 2017 yildan buyon yangi tanklar sotib olish bo‘yicha dasturni ishlab chiqmoqda. Yangi tanklar 384ta T-72 va 232ta RT-91 Twardy tanklarini qisman almashtiradi. Polsha armiyasi shuningdek, 230dan ortiq Leopard tanklariga ega.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid