Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh “Tolibon” bilan cheklangan moliyaviy amaliyotlar o‘tkazishga ruxsat berdi
AQSh Moliya vazirligi “Tolibon” harakati va “Haqqoniy tarmog‘i” guruhi bilan Afg‘onistonda cheklangan moliyaviy amaliyotlar o‘tkazishga ruxsat berdi. Biroq bu amaliyotlar insonparvarlik amaliyotlarini o‘tkazish, Afg‘onistonga dori-darmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazish bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Ta'kidlanishicha, vazirlik e'lon qilgan ruxsatnomalardan biri Afg‘oniston aholisining gumanitar ehtiyojlarini osonlashtirish uchun AQShga, nohukumat va xalqaro tashkilotlarga, jumladan, BMTga toliblar va “Haqqoniy tarmog‘i” bilan bitimlar tuzishga ruxsat beradi. Shuningdek, “Tolibon” va “Haqqoniy tarmog‘i” to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita tarzda 50 foiz yoki undan ko‘proq aksiyasiga ega bo‘lgan tashkilotlar bilan ham bitim tuzishga ruxsat beriladi.
Ikkinchi ruxsatnoma Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, dori-darmon, tibbiy uskunalarni eksport va reeksport qilish bilan bog‘langan cheklangan sondagi amaliyotlarni o‘tkazish imkonini beradi.
Toliblar hokimiyat tepasiga kelgandan keyin Oq uy Afg‘oniston hukumatining AQSh banklarida saqlanuvchi pullarini muzlatib qo‘ygandi. Shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi o‘z tomonidan Afg‘onistonga yordam berishni to‘xtatib qo‘ygan.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026