Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ichki ishlar xodimlari elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi
Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlari 24 sentyabrdan elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 24 sentyabrdan Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post, yo‘l harakati xavfsizligi va boshqa tegishli xizmatlari saf bo‘linmalari xodimlari xizmat jarayonida elektroshoker qurilmalaridan foydalanishni boshlaydi.
Bildirilishicha, qurilmadan foydalanishdan maqsad - IIO xodimlari yoki fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga shikast yetkazilishi oldini olish, huquqbuzarlar sog‘lig‘iga og‘ir va o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazmagan holda zudlik bilan huquqbuzarlik va jinoyat harakatlarni cheklash.
Xodimlar elektroshoker qurilmasidan foydalanishdan avval maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi, ularga tegishli sertifikat beriladi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026