Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida 4ta yangi oliygoh tashkil etiladi
Farg‘ona viloyatida kelgusi besh yilda oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizga yetkaziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
“Kelgusi besh yilda maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi 71 foizdan 90 foizga yetkaziladi. Buning uchun viloyatda yangi 1 ming 300 ta davlat, xususiy va uy bog‘chalari tashkil etiladi, 124 ta davlat bog‘chasi rekonstruksiya qilinadi.
Shuningdek, o‘rta ta'lim maktablarining quvvati 100 ming o‘ringa oshiriladi. Bunda, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Quvasoy shaharlari, Furqat, Yozyovon, Oltiariq tumanlarida maktablar to‘liq ta'mirdan chiqariladi. Ushbu maqsadlarga budjetdan 1,5 trillion so‘m ajratiladi.
Kelgusi besh yilda oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizga yetkaziladi (hozir 23 foiz). Yetakchi xorijiy universitetlar bilan birga 4 ta yangi oliygoh tashkil etiladi. Talabalarni turar joylar bilan ta'minlash maqsadida qo‘shimcha 10 ming o‘rinli yangi yotoqxonalar qurib bitkaziladi. Kelgusi yildan So‘xdagi yoshlar uchun oliygohlarga kirishda berilgan imtiyoz, Rishtonning Cho‘ng‘ara, Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon va Hosilot mahallalari yoshlari uchun ham tatbiq etiladi.
Umuman olganda, kelgusi besh yilda Farg‘ona viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat hisobidan 40 trillion so‘m, shundan 12 trillion so‘mi budjetdan ajratiladi. Shuningdek, budjetdan yiliga 800 milliard so‘m subsidiyalar ham beriladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026