Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa bozorlariga kirish uchun «Farg‘ona brendi» joriy etiladi
Yevropa bozorlariga kirish uchun qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlariga “Farg‘ona brendi” joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh Beshariq va Rishton tumanlarida bojxona chegara nazorat postlari yaqinida “erkin savdo maydonlari” tashkil qilinadi. Ushbu hududlarda mahalliy eksportchilar va xorijiy xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatilib, eksportchilarga mahsulotlarni qulay va vositachisiz sotish imkoni yaratiladi.
Yevropa bozorlariga kirish uchun qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlariga “Farg‘ona brendi”ni joriy etamiz. Bunda, Yevropa bozori talablariga javob beradigan asbob va uskunalar import qilinganda imtiyozli kreditlar bilan birgalikda, yer ajratishda ham alohida yengilliklar taqdim etiladi.
Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi olis davlatlarga meva-sabzavot mahsulotlarini (gilos, o‘rik, shaftoli, uzum, anor, qaroli, olxo‘ri) aviatransport orqali tashishda amalda taqdim etilayotgan kompensatsiya miqdori oshiriladi.
2026 yilga borib viloyatda eksportchi korxonalar soni 10 barobarga ko‘payib, 5 mingtaga yetadi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali 140 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Viloyatda 12 ming 600 gektar ekin maydonlari aholiga 10 dan 50 sotixgacha ochiq tanlov asosida, uzoq muddatga ijaraga berish orqali 50 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Foydalanishdan chiqib ketgan 25 ming gektar maydon o‘zlashtirilib, meva-sabzavotchilik va chorvachilik uchun tanlov asosida ajratib beriladi. Bu 20 ming aholini band qilish imkonini beradi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026