O‘zbekiston | 19:03 / 29.09.2021
4992
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons O‘zbekistonga keldi

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons O‘zbekistonga keldi. U 2 oktyabrgacha O‘zbekistonda rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirgan.

Bugun tongda martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev kutib oldi. Bu Endryu Parsonsning O‘zbekistonga ilk tashrifi hisoblanadi.

2017 yildan buyon XPQ prezidenti bo‘lib ishlayotgan braziliyalik sobiq jurnalist janob Parsons Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, xususan, Temuriylar davlat muzeyi va O‘zbekiston tarixi muzeyi bilan yaqindan tanishdi. Tashrifning ikkinchi kunida Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bilan rasmiy uchrashuvda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shunday so‘ng, Endryu Parsons «Yangi O‘zbekistonda Paralimpiya xarakatini rivojlantirish» mavzusida kengaytirilgan konferensiyada ishtirok etadi. Tashrifning uchinchi kuni – 1 oktyabrda janob Parsons Samarqand shahrida diqqatga sazovor joylarida ziyorat qilishi rejalashtirilgan. Mehmon 2 oktyabr kuni Braziliyaga qaytib ketadi.

 

Mavzuga oid