O‘zbekiston | 08:05 / 30.09.2021
2417
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, hududning ba'zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja issiq, shimolda 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24-26 daraja issiqni tashkil etadi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid